Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda tibbiyot OTM negizida Hindiston klinikasi ishga tushiriladi
Sharda universiteti yaqin istiqbolda O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi.

Joriy yilning 19 avgust kuni O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Axatov Sharda universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha vitse-prezidenti Ashok Daryani bilan uchrashdi.
O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi xabariga ko‘ra, Sharda universiteti Hindistonning yetakchi xususiy oliy ta'lim muassasalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston prezidentining 2018 yilda Hindistonga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar doirasida 2019 yil oktabr oyida Andijon shahrida Sharda universiteti filiali o‘z faoliyatini boshladi. Hozirgi vaqtda mazkur universitetda 200 ga yaqin yoshlar tahsil olmoqda.
Uchrashuv chog‘ida Andijondagi universitetning bugungi kundagi faoliyati va oldinda turgan rejalar xususida fikr almashildi.
Xususan, Sharda universiteti vakili yaqin istiqbolda O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish niyatini ma'lum qildi. Bu borada Sharda Hospital ko‘p tarmoqli universitet klinikasi ishtirokida respublikadagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining biri negizida tegishli klinikani ishga tushirish bo‘yicha investitsion loyihasini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.
Ashok Daryani hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish maqsadida Sharda universiteti prezidenti Pradip Gupta boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yil sentabr oyida O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirishga tayyorligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025