Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning koronavirusga qarshi birinchi vaksinasining xalqaro sinovlari keyingi haftadan boshlanadi
N.Gamaleya nomidagi markaz tomonidan koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan vaksina “Sputnik V”ning xalqaro klinik sinovlari boshlanmoqda. Vaksina sinovlarning yakuniy 3-bosqichida 40 ming odamda sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev ma'lum qildi.
Sinovlar Rossiyadan tashqari, Saudiya Arabistoni, BAA, Filippinda o‘tkaziladi. Shuningdek, keyingi haftadan boshlanadigan sinovlarda Braziliya va Hindistonning ishtirok etishi imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
Sinovlar bilan parallel ravishda vaksina bilan xavf guruhiga kiruvchi tibbiy xodimlar va o‘qituvchilar emlanishi boshlanadi.
Gamaleya nomidagi markaz xodimi Denis Logunovning ta'kidlashicha, vaksina alohida tartib asosida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bundagi shartlardan biri vaksina sinovlarining ko‘p sondagi ishtirokchilar bilan davom ettirilishi bo‘lgan. “Natijada biz birinchi ikki bosqichda vaksinaning immunogenlik va xavfsizlik darajasi yuqoriligi haqida olingan ma'lumotlarni nafaqat yana bir bor tasdiqlashimiz, balki uning epidemiologik samaradorligini baholashimiz kerak bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qilgan Logunov.
Yangi vaksina chiqarilishining bunday tartibi uni koronavirusdan himoyaga eng ko‘p ehtiyojmand bo‘lganlarda qo‘llashni boshlashga imkon bergan. Bunday ruxsat berilishi uchun vaksinani ishlab chiqqan va uni qo‘llashni ma'qullagan mutaxassislar vaksinaning xavfsiz va samarali ekaniga ishonchlari komil bo‘lishi kerak bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, Gamaleya nomidagi markazda ham, vaksinaning ishlab chiqilishiga sarmoya kiritgan Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasida ham bunga shubha yo‘q: olimlar tomonidan vaksinani yaratishda yaxshi o‘rganilgan va xavfsiz texnologiya qo‘llangan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025