Jamiyat | 14:02 / 20.08.2020
4019
2 daqiqa o‘qiladi

To‘rtko‘lda IIBda komaga tushib, vafot etgan fuqaro ishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida istiqomat qilgan fuqaro ichki ishlar organi xodimlari olib ketganidan so‘ng sirli ravishda komaga tushgani va oradan 13 kun o‘tib, vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumotni taqdim qildi.

Unga ko‘ra, hozirda tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro I.S.ning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

«Mazkur holat bo‘yicha To‘rtko‘l tuman prokuraturasi tomonidan 2020 yil 19 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi ma'lumotda.

Bundan avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV axborot xizmati To‘rtko‘l tumanida ichki ishlar bo‘limida komaga tushib, vafot etgan fuqaro bo‘yicha izoh bergandi.

Mavzuga oid