Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tuman kadastr bo‘limi boshlig‘i 20 000 dollarni pora sifatida olayotganda ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Xorazm viloyat boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Bosh prokuraturaning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i xabar berishicha, Tuproqqal'a tumani yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i M.R. “D.” MChJning ish yurituvchisi R.dan jamiyatga tumandagi Gurlan massivi hududidan baliqchilik ko‘li tashkil qilish uchun 15 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 20 000 AQSh dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
17:29 / 23.05.2025