Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa mamlakatlarida koronavirus yuqtirish holatlari keskin o‘sgani kuzatilmoqda
Germaniyada o‘tgan sutka davomida 1,7 mingdan ortiq holat qayd etildi – bu apreldan buyon qayd etilgan rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Foto: Reuters
YeIning aksariyat mamlakatlarida COVID-19 koronavirusini yuqtirish holatlari soni keskin o‘sgani qayd etilmoqda, deb xabar berdi Yevropa OAV.
Xususan, 19 avgust kuni Ispaniyada 3 715ta yangi holat qayd etildi, bu iyun oxiridan buyon sutka davomida kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Italiyada chorshanba kuni koronavirus infeksiyasi yuqtirish bilan bog‘liq 642ta holat qayd etildi, bu mamlakatda may oyi oxiridan buyon eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Germaniyada esa o‘tgan sutka davomida 1,7 mingdan ortiq holat qayd etildi – bu apreldan buyon qayd etilgan rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Fransiyada har uchinchi shaharda odam gavjum joylarda niqob taqish majburiy etib belgilandi. Mamlakatda sutka davomida 3,8 mingta koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan.
Mavzuga oid

09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda

12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi

14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi

23:08 / 06.05.2025