Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Damas va Labo to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
18 avgust kuni fuqaro A.A. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasini Bog‘dod tumani Qo‘rg‘oncha qishlog‘i hududida boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, A.A. qarama-qarshi harakatlanib kelayotgan O.K. boshqaruvidagi Labo rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida Labo avtomashina haydovchisi O.K. og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Shuningdek, Labo avtomashina yo‘lovchisi O.L. va Damas rusumli avtomashina haydovchisi A.A. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Bog‘dod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalariga amal qiling. Yo‘l qoidasi umr foydasi ekanligini esdan chiqarmang. Qoidabuzarlik ayanchli yakun topishi mumkin», - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024