Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston 31 davlat fuqarolariga mamlakatga kirishga ruxsat berdi
Qirg‘izistonning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha respublika shtabi fuqarolari Qirg‘izistonga kirishi mumkin bo‘lgan 31 ta davlat ro‘yxatini e'lon qildi.
Foto: Benjamin White
Ushbu ro‘yxatga koronavirusga chalinganlar soni kamayayotgani va epidemiologik vaziyat barqarorlashayotgani kuzatilayotgan davlatlar kiritilgan.
Ro‘yxatdan quyidagi davlatlar joy olgan:
- Sobiq ittifoq davlatlaridan: Gruziya, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston, Latviya, Litva;
- Yevropa davlatlaridan: Belgiya, Avstriya, Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Islandiya, Italiya, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Portugaliya, Sloveniya, Turkiya, Shveytsariya, Shvetsiya;
- Yaqin Sharq davlatlaridan: Qatar, Kuvayt, BAA;
- Osiyo davlatlaridan: Xitoy, Malayziya, Janubiy Koreya, Pokiston, Yaponiya.
Ushbu ro‘yxat Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligining 20 avgustdagi buyrug‘iga ko‘ra qayta ko‘rib chiqilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 42 mingdan ko‘proqni, undan vafot etganlar soni 1500 ga yaqinni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025