Jamiyat | 11:05 / 21.08.2020
4956
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda «Kamaz» piyodani urib yubordi

Piyoda olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan.

Joriy yilning 19 avgust kuni soat 16:50larda fuqaro J.A. boshqaruvidagi "KAMAZ-532120" yuk transport vositasida Oqoltin tumani hududidan o‘tgan xalqaro A-373 avtomobil yo‘lining 8-km.da, Termiz-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.

Sirdaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u yo‘lning belgilanmagan qismini kesib o‘tayotgan fuqaro D.M.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, piyoda D.M. olgan tan jarohatlari og‘irligidan voqea joyida vafot etgan.

“Haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat'iy amal qilishlarini, kuchli charchoqlik va toliqish holatida transport vositalarini boshqarmasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid