Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston Bobomurod Abdullayevni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi
Qirg‘iziston maxsus xizmatlari Bishkekda qo‘lga olingan jurnalist Bobomurod Abdullayevni O‘zbekistonga topshirishdi. Bu haqda Qirg‘iziston milliy xavfsizligi davlat qo‘mitasi (MXDQ) matbuot-xizmati xabar berdi.
«O‘zbekiston manfaatlariga qarshi og‘ir jinoyatlarni qilishda ayblanayotgan va qidiruvda bo‘lgan shaxsni qo‘lga olish va topshirish haqidagi vakolatli idora so‘roviga ko‘ra, fuqaro Bobomurod Abdullayev aniqlandi va qo‘lga olindi», deya rasmiy ma'lumotni keltiradi «Interfaks» agentligi.
Bishkek shahrining Pervomayskiy rayoni sudining 10 avgustdagi qaroriga ko‘ra, Abdullayevga nisbatan MXDQ tergov izolyatorida 30 kun davomida hibsda saqlash ko‘rinishidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan edi.
«Xorijiy davlat fuqarolarini jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida topshirish haqidagi qonuniy kuchga kirgan qarorga asosan, topshirish qoidalarini tartibga soluvchi Qirg‘iziston qonunchiligi va davlatlararo kelishuv me'yorlariga amal qilingan holda, 22 avgust kuni fuqaro Abdullayev O‘zbekistonga berildi», deyiladi MXDQ xabarida.
2018 yil may oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi Abdullayevni O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tizimiga tajovuz qilganlikda aybdor deb topib, 3 yillik axloq tuzatish ishlariga mahkum qilgan va u sud zalidan ozod etilgan edi. Jarayonning yana 3 ishtirokchisi esa oqlangandi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025