Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashnobod tumani hokimi ishdan olindi
Toshkent shahrining Yashnobod tumani hokimi Hojiakbar Tillashayxov lavozimini tark etdi. Shahar hokimligi axborot xizmati rahbari Furqat Mahmudxo‘jayev Kun.uz muxbiriga bu ma'lumotni tasdiqladi.
Hojiakbar Tillashayxov 2018 yil iyuldan buyon ushbu lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Shamuratov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi. Keyinroq Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shahardagi 5ta tuman hokimiga, shu jumladan Hojiakbar Tillashayxovga «pandemiya davrida aholi tomonidan ko‘plab e'tirozlar bildirayotgani hamda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani» uchun «hayfsan» bergandi.
Tez orada Yashnobod va Sergeli tumanlariga yangi rahbarlar tayinlanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
14:48 / 06.05.2025
Toshkentda Damas va Cobalt yonib ketdi
15:45 / 18.03.2025
Toshkentda noma’lum shaxs 12 yoshli qizga hamla qildi. U ruhiy xasta ekani ma’lum bo‘ldi
17:27 / 27.02.2025
Salla desa kallani... Yashnobod hokimligi fuqaroning qonuniy uyini buzib tashladi
15:00 / 12.01.2025