O‘zbekiston | 23:19 / 25.08.2020
15992
1 daqiqa o‘qiladi

Maktab o‘qituvchilaridan koronavirusga test olish rejalashtirilmoqda

Maktablar ochilishidan oldin o‘qituvchilardan koronavirusga test olinadi, deb ma'lum qildi xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov.

«Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga o‘qituvchilardan koronavirusga test olish bo‘yicha topshiriq berilgan. Unga ko‘ra, o‘qituvchilarning hammasidan dars boshlanishidan oldin va ma'lum intervalda koronavirusga test olib turish masalasi ko‘rilmoqda», – dedi u.

Vazirning qayd etishicha, bu yerda inobatga olish kerak bo‘lgan jihatlar bor: o‘qituvchilar yarim millionga yaqinni tashkil qiladi, kunlik test topshirish imkoniyati esa cheklangan.

«Shuning uchun bu mexanizm ustida ish olib borgan holda vazifa amalga oshirilishi kerak», – dedi Sherzod Shermatov.

Mavzuga oid