O‘zbekiston | 11:18 / 25.08.2020
2994
2 daqiqa o‘qiladi

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘qitish xarajatlari respublika budjetidan qoplanadi

Vazirlar Mahkamasining «Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida oliy ta'lim muassasalarining pedagog kadrlari, talabalar, bitiruvchilar (oliy ta'lim muassasasini tugatgandan so‘ng olti oy davomida) va davlat organlari xodimlarini o‘qitish va imtihonlarni topshirish bo‘yicha xarajatlarni respublika budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplashning har yillik cheklangan qiymatlarini belgilash to‘g‘risida vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
 
Qaror loyihasi prezidentning 24.02.2020 yildagi «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4611-son qaroriga muvofiq Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan.
 
Norma’ning xabar berishicha, mazkur Nizom 2025 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi.
 
Buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida mutaxassislarni Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) o‘qitish hamda imtihonlarni topshirish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
 
2020–2025 yillar davomida xalqaro sertifikatlash doirasida MHXSga o‘qitish va imtihon topshirish xarajatlari tarkibiga:

  • o‘qitish, shu jumladan interfaol usullarni qo‘llagan holda o‘qitish;
  • malaka oshirish;
  • buxgalterlarni dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • buxgalterlarni imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari kiradi.

 Nizomda quyidagilar ham qayd etilgan:

  • buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida mutaxassislarni o‘qitish hamda imtihonlarni topshirish bo‘yicha xarajatlarni qoplashning har yillik cheklangan qiymatini belgilash mexanizmi;
  • buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida mutaxassislarni o‘qitish va imtihonlarni topshirish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi.

 Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid