Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi uch tumanga yangi rahbarlar tayinlanmoqda. Ortiqxo‘jayevning sobiq va hozirgi o‘rinbosarlari tuman hokimlari bo‘ladi
Toshkent shahrining Sergeli, Yashnobod va Bektemir tumanlarining yangi rahbarlari ma'lum. Kun.uz manbasi xabar berishicha, Toshkent shahri hokimining sobiq o‘rinbosari Elbek Shukurov, shahar hokimining hozirgi o‘rinbosarlaridan biri Baxtiyor Rahmonqulov va Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Jahongir Ibrohimov poytaxt tumanlariga hokimlikka tayinlanadi.
Manbaning ma'lum qilishicha, yaqin vaqtlar ichida ushbu nomzodlar Toshkent shahri hokimligida o‘tkaziladigan yig‘ilishda lavozimga tasdiqlanadi.
Ma'lum qilinishicha, 2018-2020 yillarda Toshkent shahri hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan, 2020 yil fevralidan buyon Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Elbek Shukurov Sergeli tumani hokimi lavozimiga tayinlanadi.
2018 yil dekabridan buyon Toshkent shahar hokimining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Baxtiyor Rahmonqulov Yashnobod tumani hokimi lavozimini egallaydi.
Shuningdek, ko‘p yillardan buyon Sirdaryo viloyati hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Jahongir Ibrohimov Bektemir tumanining yangi hokimi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida 2019 yil sentyabridan buyon Sergeli tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Shamuratov lavozimidan ozod etilgandi.
24 avgust kuni esa Yashnobod tumani hokimi Hojiakbar Tillashayxov hamda Bektemir tumani hokimi Shohrux Mamajonov (ularning ikkisi ham 2018 yil iyul oyidan buyon hokim edi) lavozimlaridan chetlatildi.
Mavzuga oid
14:48 / 06.05.2025
Toshkentda Damas va Cobalt yonib ketdi
11:04 / 08.04.2025
Toshkent shahrida ikki tuman yo‘llarini ta’mirlashga 8 mlrd so‘m ajratildi
15:45 / 18.03.2025
Toshkentda noma’lum shaxs 12 yoshli qizga hamla qildi. U ruhiy xasta ekani ma’lum bo‘ldi
12:10 / 16.03.2025