Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda futbol o‘yinidagi tortishuv bir kishining o‘limi bilan tugadi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2020 yilning 23 avgust kuni soat 20:45da voyaga yetmagan, 16 yoshli A.A. Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani “Istiqlol” mahallasida joylashgan kichik futbol o‘yingohida futbol o‘ynayotgan vaqti raqib jamoadagi voyaga yetmagan, 16 yoshli I.X. bilan o‘zaro tortishib qolgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular yakkama-yakka urishish maqsadida stadiondan tashqariga chiqib, janjalni davom ettirgan vaqtida A.A. chap oyog‘i tizzasi bilan I.X.ning old ko‘krak o‘rta sohasiga bir marta zarb bilan tepib tan jarohati yetkazgan.
Natijada, voyaga yetmagan I.X. olgan tan jarohati oqibatida sog‘lig‘i yomonlashib, hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qiziriq tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan A.A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
09:16 / 20.03.2025