Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi faoliyati 1 sentyabrgacha to‘xtatib turiladi
Adliya vazirligi tomonidan ma'lumotlarni yangi server qurilmalariga ko‘chirish rejalashtirilmoqda.
29 avgust soat 19-00 dan 1 sentabr soat 19-00 ga qadar “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimining ish faoliyati to‘xtatib turiladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida kuzatilayotgan muammolarni hal qilish, tizimning uzluksiz ishlashini ta'minlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan ma'lumotlarni yangi server qurilmalariga ko‘chirish rejalashtirilmoqda.
“Sizdan ushbu holatni inobatga olib, shu kunlarda fuqarolarga qabul belgilamasligingiz, shuningdek, notarial idora faoliyat yuritmasligi to‘g‘risida binoning kirish joyiga e'lon joylashtirishingiz so‘raladi”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:25 / 01.07.2024
Notariusga bormasdan amalga oshiriladigan notarial harakat turlari ko‘paydi
11:57 / 04.04.2024
Endi farzandni chet elga olib chiqishda rozilik xatini olish uchun notariusga borish shart bo‘lmaydi
18:16 / 18.01.2024
Avtomobilni notariusga bormasdan sotish imkoniyati joriy qilindi
13:28 / 16.12.2023