6300 nafar abituriyent imtihonga kelmadi, birovning o‘rniga kirmoqchi bo‘lgan 5 kishi to‘xtatib qolindi
Bugun, 2 sentabr kuni kirish imtihonlarining birinchi kunida 4 nafar abituriyent tana harorati balandligi tufayli imtihonga kiritilmagan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

IIV rasmiysining qayd etishicha, imtihon belgilangan tartibda o‘tgan va hech qanday ko‘ngilsizlik yuz bermagan.
2 sentyabrda testda qatnashishi rejalashtirilgan 118 500 abituriyentning 112 188 nafar abituriyent imtihonda qatnashgan. 6 312 nafar abituriyent esa turli sabablarga ko‘ra imtihonga kelmagan.
«Qayta-qayta ogohlantirishlarga qaramay abituriyentlar o‘zlari bilan imtihon hududiga turli elektron vositalar va shpargalkalar olib kirishga urinishi holatlari kuzatildi.
Bugun 59 nafar abituriyent kirish imtihonlaridan chetlashtirildi. Ularning 33 nafari qo‘l telefonlari, 4 nafari qo‘lbola yasalgan elektron qurilmalar, 5 nafari shpargalka bilan kirishga harakat qilgan, yana 5 nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirishga uringan», – deb ma'lum qildi Shohrux G‘iyosov.
Mavzuga oid

15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi

15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

15:01 / 21.09.2023
Maksimal ball to‘plab kontraktga kirgan talabalar grantga o‘tkaziladi

08:22 / 12.09.2023