Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Belarusdagi voqealar fonida Litvadagi harbiy mashg‘ulotlarini kengaytiradi
Juma kuni Litvaga amerikalik harbiylar va tanklar Belarus bilan chegara yaqinida manyovrlar o‘tkazish uchun kelishadi, qo‘shma mashg‘ulotlar ikki oy davom etadi.
Litva hukumati chorshanba kuni Polshadagi amerikalik harbiylar rejalashtirilgan harbiy mashg‘ulotlar uchun ko‘chirilishini ma'lum qildi.
«Mashg‘ulotlar «mudofaaviy xarakterga ega va qo‘shnilarga, jumladan Belarusga qarshi qaratilmagan», deyiladi xabarda.
Ammo harbiylar rejalashtirilganidan oldinroq kelmoqda va ular ko‘proq vaqt Litvada qolishadi. Belarusdagi voqealardan oldin, iyun oyi oxirida va avgust oyi boshida Litva mudofaa vaziri Raymundas Karoblis AQSh kontingenti ikki hafta davomida mamlakatda bo‘lishini ma'lum qilgandi.
Endi esa noyabrgacha davom etishi aytilayotgan mashg‘ulotlarda amerikalik 500 nafar harbiy xizmatchi va 40ta maxsus texnika ishtirok etadi.
Mavzuga oid
19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
11:42 / 07.05.2025
Serbiya OAV: Latviya va Litva Vuchichning samolyotini o‘tkazmaydi
15:31 / 16.04.2025