Jamiyat | 09:34 / 08.09.2020
3409
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda ta'lim muassasalarini dezinfeksiya vositalari bilan ta'minlashga 2,3 mlrd so‘m ajratildi

Maktablarni dezinfeksiya va antiseptik vositalari bilan ta'minlashga hokimliklar mas'ul va ular bu jarayonni to‘liq nazoratga oladi.

Qashqadaryo viloyatidagi ta'lim muassasalarini dezinfeksiya vositalari bilan ta'minlashga mahalliy budjetdan 2 milliard 363 million so‘m mablag‘ ajratildi

Viloyat hokimligi xabarida aytilishicha, ushbu mablag‘larga 4300 dona pirometr, 6900 dona dozator va boshqa antiseptik vositalar olib kelinmoqda. 

Qayd etilishicha, ta'lim jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan dezinfeksiya vositalarining birortasi ham o‘qituvchi yoki o‘quvchilar tomonidan xarid qilinmaydi. 

Viloyat hokimligi shunday holatlarga duch kelinsa @qvh_murojaat yoki 75 220-03-00 raqamiga murojaat qilishni so‘ragan. 

Mavzuga oid