Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyada 12 mingdan ko‘proq migrant yashagan lager yonib ketdi
Gretsiyaning Lesbos orolidagi eng yirik migrantlar lageri Moriyada katta ko‘lamli yong‘in chiqdi. Lagerda koronavirusga chalinganlar ham bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, lagerdagi odamlar evakuatsiya qilingan. Chodirlar va konteynerlar yonib ketishiga sabab bo‘lgan yong‘in nima tufayli yuz bergani hozircha noma'lum. Jabrlanganlar va qurbonlar haqida ma'lumot berilmagan.
Moriya lagerida belgilangandan 4 marta ko‘proq - 12 mingdan ortiqroq migrant yashagan. Lager yomon sharoitlari tufayli insonparvarlik tashkilotlari tomonidan tanqid qilib kelingan. O‘tgan hafta obekt migrantlardan birida koronavirus aniqlangandan keyin karantinga olingan. Ayni vaqtga kelib lagerda koronavirusga chalinganlar soni 35 nafarga yetgan.
Lesbos gubernatori o‘rinbosari Aris Xatzikomninosning mahalliy radioga ma'lum qilishicha, lager butkul vayron bo‘lgan.
Mahalliy fuqarolardan birining ma'lum qilishicha, deyarli butun lager olov iskanjasida qolgan. Biroq shunga qaramay, bir nechta chodirga talafot yetmagan.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
23:26 / 19.05.2025