Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Xurshid Ochilov viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ish boshladi.
Samarqand viloyati hokimining qarori bilan Xurshid Ochilov viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, Xurshid Ochilov ushbu tayinlovga qadar viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.
U 2003-2004 yillarda Oqdaryo tuman Dehqon va fermer xo‘jaliklar uyushmasi huquqshunos-maslahatchisi, 2007-2008 yillarda Jizzax shahar Shukur Sa'dulla nomli 11-o‘rta maktabda tarix fani o‘qituvchisi, so‘ng harbiy xizmatda bo‘lgan.
2008-2010 yillarda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi yetakchi mutaxassisi, 2010-2011 yillarda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi O‘quv bo‘lim boshlig‘i, 2011-2012 yillarda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi axborot xizmati rahbari sifatida ishlagan.
2012-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisi Kotibiyatining inspektori bo‘lgan. 2019 yilda Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘rinbosari kotibiyati mudiri sifatida ish boshlagan.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025