Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda «Neksiya» urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi
Mazkur YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 10 sentabr kuni soat 00:20larda, Namangan viloyati Kosonsoy tumani hududidan o‘tgan 4R-114 avtomobil yo‘lining 15-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan X.D. “Neksiya” rusumli avtomobilni Kosonsoy tumani, Beshketmon MFY hududida boshqarib ketayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmasdan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, 1954 yilda tug‘ilgan G‘.E.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda, 66 yoshli G‘.E. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan yo‘llarda harakatlanganda ehtiyotkor bo‘lishlarini, piyodalar belgilanmagan joylardan yo‘lni kesib o‘tmasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024