Toshkent axborot texnologiyalari texnikumi-yangi daraja!
Toshkent axborot texnologiyalari texnikumi – avvalgi Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi № 5812-sonli Farmoniga asososan, kadrlar tayyorlash Xalqaro standart tasniflagichining 5 darajasiga mos mutaxassislarni tayyorlashni amalga oshiradi. Ta'lim 2 yil davomida olib borilib, bitiruvchilarga “tretichnyy” ta'limi diplomi beriladi. O‘rta maxsus ta'lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta'lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishni davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.
Ta'lim muassasasiga hujjatlar qabuli boshlangan bo‘lib, 2020 yil 25 sentyabrga qadar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar qabuli davom etadi:
- Dasturiy injiniring
- Kompyuter injiniring
- Telekommunikatsiya texnologiyalari
Shuningdek, texnikumda xalqaro Bucheon University va University college of Ulsan qo‘shma ta'lim loyihalarida ta'lim berish bo‘yicha hujjatlar qabuli olib borilmoqda. Ta'limning “2+2” dasturiga ko‘ra, Toshkent axborot texnologiyalari texnikumida o‘qish muddati 2 yil bo‘lib, malaka talablariga mos maxsus fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan bitiruvchilarga Janubiy Koreyada 3-kurs bakalavriatda kirish imtihonlarisiz o‘qishni davom ettirish huquqi beriladi.
Qo‘shma xalqaro loyihalar bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda qabul amalga oshiriladi:
- Dasturiy injiniring (Bucheon University)
- Dasturiy injiniring (University college of Ulsan)
- Mehmonxona xo‘jaligi ishini tashkil etish va boshqarish (University college of Ulsan)
Yo‘nalishlar
Dasturiy injiniring
Ushbu yo‘nalish kompyuter va mobil qurilmalarini dasturiy ta'minotini ishlab chiqish va boshqarish bo‘yicha ta'lim berishni nazarda tutadi.
Kompyuter injiniring
Ushbu yo‘nalish AKT infratuzilmalarini ta'mirlash va xizmat ko‘rsatish hamda multimediya texnologiyalarini boshqarish va axborot xavfsizligi bo‘yicha ta'lim berishni nazarda tutadi.
Telekommunikatsiya texnologiyalari
Ushbu yo‘nalish tarmoq texnologiyalari, ma'lumot uzatish vositalari va metodlari bo‘yicha ta'lim berishni nazarda tutadi.
Mehmonxona xo‘jaligi ishini tashkil etish va boshqarish
Ushbu yo‘nalish zamonaviy mehmonxona faoliyatini boshqarish bo‘yicha ta'lim berishni nazarda tutadi.
Yo‘nalishlar, Xalqaro hamkorlik va xorijiy ta'lim muassasalari bilan qo‘shma loyihalar bo‘yicha batafsil ma'lumot www.texnikum.uz saytida berilgan. Qabul yuzasidan savollar bo‘yicha qabul komissiyasiga +998712361192 telefoni orqali murojaat qilishingiz mumkin.
O‘qituvchilar
Toshkent axborot texnologiyalari texnikumi doimo o‘qituvchilarning ijodkor, faol va kreativ faoliyatlarini qizg‘in qarshi oladi va qo‘llab-quvvatlaydi. Texnikum jamoasi a'lo darajada ta'lim bera oladigan va o‘z pedagogik ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirib borishni xohlagan barcha yuqori malakali pedagoglarni quvonch bilan o‘z oilasiga qabul qiladi.
Quyidagi fanlar bo‘yicha ishga joylashish istagini bildirgan o‘qituvchilar +9988712361198 telefoniga murojaat qilib, batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.
Fanlar:
- Koreys tili
- Ingliz tili
- Dasturlash (obektga yo‘naltirilgan dasturlash, algoritmizatsiya, ma'lumotlar bazasi)
- Internet vositalarini dasturlash
- Avtomatika va robototexnika tizimlari
- Food & beverage
- Mehmonxona biznesini boshqarish
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
14:33 / 21.11.2024
Nega o‘zbek ota-onalari bolasini rus sinflariga beradi?
11:43 / 20.11.2024
2025 yilda 252 ta yangi bog‘cha barpo etiladi
15:13 / 18.11.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston ta’limda qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni muhokama qilyapti
20:17 / 05.11.2024