Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent yer usti halqa metrosining pastki qismida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish mumkin bo‘ladi
Yaqinda foydalanishga topshirilgan Toshkent yer usti halqa metro liniyasining pastki qismida zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadlarida foydalanish mumkin.
Hozirda ushbu yo‘nalishda joylar tayyorlanmoqda. Bu haqda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tashkil etilgan press-tur davomida ma'lum qilindi.
Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulov mazkur yo‘nalishda tashkil etiladigan tadbirkorlik obektlari haqida gapirib berdi.
«Dunyo tajribasini o‘rganib chiqqanimizda, Berlin, Tokio, Tsyurix kabi shaharlar yer usti metrolarida shunga o‘xshash majmualar yaratilgan. Ya'ni bunday amaliyot bir qator rivojlangan davlatlarda mavjud.
Shundan kelib chiqib, birinchi va ikkinchi bekat oralig‘ida birinchi chorrahadan boshlab 11 kilometrdan ortiq joyni 6ta lotga bo‘lib chiqdik. Natijada tadbirkorlar uchun jami 153 161 kv. metr joy yaratildi», deydi Baxtiyor Rahmonqulov.

Yer qanday ajratiladi?
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi «Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, auksion «YeReLeKTRON» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.


Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslantiruvchi hujjatlari ishlab chiqilganidan so‘ng, o‘rnatilgan tartibda tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Savdolar ochiq va shaffof tashkil etiladi. Unda har bir tadbirkor ishtirok etishi, o‘z loyihalarini taqdim etishi mumkin.
Qanday tadbirkorlik obektlari ochish mumkin?
Toshkent yer usti halqa metrosining pastki qismida ko‘proq qanday tadbirkorlik obektlari tashkil etilishi tadbirkorlardan kelib tushgan takliflarga bog‘liq bo‘ladi.


«Albatta, yangi metroga mos tarzda zamonaviy tadbirkorlik obektlari tashkil etiladi. Bunda tadbirkorlardan kelib tushadigan takliflar inobatga olinadi. Ular uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz», deydi Yashnobod tumani hokimi.
Savdolar 1 dekabrdan yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
14:48 / 06.05.2025
Toshkentda Damas va Cobalt yonib ketdi
15:45 / 18.03.2025
Toshkentda noma’lum shaxs 12 yoshli qizga hamla qildi. U ruhiy xasta ekani ma’lum bo‘ldi
17:27 / 27.02.2025
Salla desa kallani... Yashnobod hokimligi fuqaroning qonuniy uyini buzib tashladi
15:00 / 12.01.2025