O‘zbekiston | 09:43 / 15.09.2020
5865
2 daqiqa o‘qiladi

Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 23 yoshli yigit boshqaruv vaqtida uxlab qolib, piyodani urib yubordi

YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 15 sentabr kuni soat 06:30larda, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani, Jalayer MFY hududidan o‘tgan A-373B avtomobil yo‘lining 35-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan S.Sh. “Vaz-21063” rusumli avtomobilda me'yoriy hujjatlarsiz harakatlanayotib, boshqaruv vaqtida uxlab qolishi oqibatida, yo‘lning chap tomon chetida to‘xtab turgan piyoda, 1976 yilda tug‘ilgan D.Sh.ni urib yuborgan.

Natijada, piyoda, 44 yoshli D.Sh. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan charchoq holatida transport vositasini boshqarmasliklarini, ota-onalar haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan farzandlariga transport vositasini boshqarish uchun bermasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid