O‘zbekiston | 11:37 / 17.09.2020
10865
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda yuk mashinasi va Lasetti ishtirokidagi YTHda ikki kishi vafot etdi 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

2020 yilning 16 sentabr kuni soat 7:00da Paxtachi tumani “Yobu” mahallasi hududidan o‘tgan M-37 “Samarqand-Buxoro” avtomobil yo‘lining 139-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Haydovchi, 26 yoshli I.R. boshqaruvida bo‘lgan ISUZU rusumli yuk avtomashinani Navoiy viloyati yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borib, old tomonidan harakatlanib ketayotgan haydovchi, 53 yoshli Sh.H. boshqaruvidagi Lasetti rusumli avtomashinaning orqa tomonidan urib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada, Lasetti avtomashina yo‘lovchisi, 70 yoshli H.X. tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan, avtomashina yo‘lovchilari, 68 yoshli H.U. (ayol) va 42 yoshli A.B. (ayol) turli darajada olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay H.U. vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid