O‘zbekiston | 10:41 / 18.09.2020
1332
2 daqiqa o‘qiladi

Konsolidatsiyalashgan budjet kamomadi 8,8 trln so‘mni tashkil etdi 

Birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra, konsolidatsiyalashgan budjet kamomadi 8,8 trln. so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi sharhida aytilgan.

Tibbiyot va boshqa ijtimoiy infratuzilmalarni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar ma'lum darajada qurilish va unga aloqador sohalardagi faollikni qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘ldi. 

Bundan tashqari, pandemiya davrida qiyin vaziyatga tushib qolgan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar ham keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini berdi.

I-chorakda aholining inflyatsion kutilmalari 15,5 foiz darajasida shakllandi. Lekin, tadbirkorlik sub'yektlari ancha pessimistik kayfiyatga ega bo‘lib, milliy valutaning devalvatsiyasi sababli inflatsiya darajasining yanada yuqoriroq (18,6 foiz) bo‘lishini kutayotganliklari ma'lum bo‘lgan. 

Joriy yilning ikkinchi choragida birlamchi ehtiyoj tovarlariga talabning keskin oshishi va mamlakatda karantin choralarining qo‘llanilishi natijasida aprel oyida inflyatsion kutilmalar trendi keskin o‘sish qayd etdi, xususan inflyatsion kutilmalar tadbirkorlik sub'yektlari uchun 17,7 foiz va aholi uchun 16,9 foiz darajasida shakllandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid