O‘zbekiston | 08:33 / 19.09.2020
13919
4 daqiqa o‘qiladi

Bolalar va o‘smirlar uchun robototexnika: ota-onalarni qiziqtirgan savollarga javoblar

Bundan 20 yil muqaddam dunyoning eng ilg‘or va badavlat kishilari neft magnatlari yoki yirik biznesmenlar hisoblanardi. Ammo zamonaviy texnologiyalar asrida hammasi o‘zgarib ketdi. Bugungi kunda milliarderlar o‘nligidan asosan texnologik gigantlar joy olgan.

Zamonaviy texnologiyalar hayotimizga borgan sari chuqurroq kirib kelyapti. Hatto bog‘cha yoshidagi bolalar ham gadjetlardan bemalol foydalana olishyapti.

Ammo, zukko bolalarning texnologiyaga qiziqishlarini hamma ota-onalar ham to‘g‘ri yo‘naltira olyapti, deya olmaymiz. Vaholanki, bolalarning bu qiziqishlari rivojlantirilsa, ulardan kelgusida kreativ aql egalari, ixtirochilar yetishib chiqishi hech gap emas.

Shu o‘rinda, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda bolalarning robototexnikani o‘rganishiga imkoniyatlar paydo bo‘la boshlagani kishini quvontiradi.

Biz Toshkentda joylashgan, bolalarga robototexnika o‘qitishga ixtisoslashgan «OPTIMAL TA'LIM» o‘quv markazining yosh o‘qituvchilari – Bekzod Abdurahmonov va Surayyo Jabborova bilan suhbatda bo‘lib, ko‘pchilik ota-onalarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan savollarga javob oldik.

– Umuman, robototexnika o‘zi nima va u bolalarga nima beradi?

– Robototexnika – bu robotlar va ularni boshqarish, sensorli aloqa, axborotni qayta ishlash uchun kompyuter tizimlarini loyihalash, qurish, ishlatish va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanadigan texnologiyalar sohasi.

Robototexnikani o‘rganishning ta'siri bolalarda quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • e'tiborni va xotirani kuchaytiradi;
  • mantiqiy va matematik fikrlashni rivojlantiradi;
  • badiiy, dizayn jihatdan fikrlashni yaxshilaydi;
  • o‘ziga ishonchni kuchaytiradi;
  • jamoada va mustaqil ravishda ishlashni o‘rganadi;
  • bolalarning aniq fanlarni o‘zlashtirishi osonlashadi;
  • IT-sohasiga oid fundamental bilimlarni o‘zlashtiradi;
  • qaror qabul qilish va mas'uliyat ko‘nikmasi shakllanadi;

Umuman, robototexnikani o‘rgangan bola istiqbolli va rivojlanayotgan sohaga dastlabki qadamini qo‘ygan bo‘ladi.

– «OPTIMAL TA'LIM» o‘quv markazi nima uchun ta'lim dasturlarida bu yo‘nalishga keng o‘rin ajratgan?

– «OPTIMAL TA'LIM»da robototexnika kursi italyan metodi asosida, tajribali mentorlar tomonidan olib boriladi. Darslar ingliz, o‘zbek va rus tillarida o‘tiladi va faqat natija uchun ishlanadi. O‘quvchilarning natijasi bu – bizning yuzimiz.

Bekzod Abdurahmonov

– Robototexnika kursiga necha yoshdan necha yoshgacha bo‘lgan farzandlarni berish ma'qulroq?

– O‘quv markazimizda 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ta'lim beriladi.

– Robototexnika kursining davomiyligi qancha?

– Robototexnikaning bolalar uchun to‘liq kursi 3 qismga bo‘lingan holda, umumiy 1,5 yil davom etadi.

Birinchi bosqichda o‘qish Lego Mindstorms'dan boshlanadi. Keyingi bosqichda Arduino, 3-bosqichda 3D modellashtirish o‘rgatiladi.

Surayyo Jabborova

– Robototexnikani «OPTIMAL TA'LIM»da o‘rganishning yana qanday afzalliklari bor?

– Biz har bir o‘quvchining fe'l-atvoridan kelib chiqqan holda, o‘ziga xos qirralarini ochishga yordam beramiz va ularni har tomonlama rivojlantiramiz.

– Ushbu kursdagi iqtidorli bolalarni rag‘batlantiruvchi omillar bormi?

– Ha, albatta. Biz avvalo qiziqishi yuqori bo‘lmagan o‘quvchilarni ham dars mashg‘ulotlariga qiziqtirib, iqtidorli o‘quvchilar qatoriga qo‘shamiz. Eng yaxshi o‘quvchilarimizga tur xil maqtov yorliqlari va vaucherlar taqdim qilamiz. Undan tashqari, o‘quv markazimiz tomonidan o‘quvchilar musobaqalarga olib boriladi va turli tadbirlarda ishtirok etadilar.

Ma'lumot uchun, «OPTIMAL TA'LIM» o‘quv markazi bilan +99895 341 42 42 telefon raqami orqali bog‘lanish yoki qayta aloqa uchun quyidagi havolada so‘rov jo‘natish mumkin.

Mavzuga oid