Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zgidromet» bosh direktori tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining bosh direktori tayinlandi. Bu haqda Kadastr agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidentining 18 sentyabrdagi PQ-4832-sonli qarori bilan Sherzod Habibullayev O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazining bosh direktori lavozimini egalladi.
Sherzod Habibullayev 2017-2020 yillar davomida «Davergeodezkadastr» qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Bildirilishicha, u sohaga axborot texnologiyalarini joriy etish, aholiga xizmat ko‘rsatishni tezkorlik va sodda yo‘l bilan bajarish bo‘yicha bir qancha ishlarni amalga oshirdi.
«O‘zgidromet» rasmiy saytining «rahbariyat» bo‘limida mazkur lavozim vakant ekanligi ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2004 - 2017 yillarda «O‘zgidromet»ga Viktor Chub rahbarlik qilgan.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025