Jahon | 22:59 / 21.09.2020
6723
2 daqiqa o‘qiladi

Koreyada milliy xanok uslubidagi smart-bekatlar o‘rnatilmoqda

Janubiy Koreya poytaxti Seul rasmiylari shahardagi avtobus bekatlari dizaynini koreyslarga xos an'anaviy uy – Xanok shaklida qaytadan qurishga qaror qildi.

Foto: Seoul Metropolitan Government

Korea Nerald'ning yozishicha, «Koreya chiroyi» deb nom olgan «aqlli» avtobus bekatlari dizayni milliy xanokning maxsus shaklini o‘zida aks ettiradi. Seul hukumatiga ko‘ra, mazkur dizaynerlik yechimi umumiy ovoz berish yo‘li bilan tanlab olingan.

Zamonaviy bekatlar sinov tariqasida kelasi oydan boshlab avvaliga poytaxtning taxminan 10ta hududida, jumladan, Sunnemun darvozasi hamda Hongik universiteti metro bekatida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Kelgusi yilda esa shaharning boshqa hududlarida ham ushbu haytek bekatlarni ko‘paytirish maqsad qilingan.

Ham ochiq, ham oyna bilan to‘silgan qismlarga ega bekatlarda yo‘lovchilar bepul Wi-Fi, mobil qurilmalarni quvvatlash qurilmalari va havo tozalash vositalaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Shaharda daraxtlarni ko‘paytirish uchun yo‘llar o‘rtasiga – qarama-qarshi harakatlanish bo‘laklarini ajratib turuvchi qismga daraxtlar ekilishi, atrof ko‘kalamzorlashtirilishi mo‘ljallangan.

Shuningdek, zamonaviy smart-bekatlar yo‘lovchilar xavfsizligini ham yuqori darajada kafolatlaydi: avtobuslar "Internet of Things" (IoT) texnologiyasi yordamida aniq belgilangan joyda to‘xtashi ta'minlanadi.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid