Jahon | 19:19 / 21.09.2020
11854
1 daqiqa o‘qiladi

Tixanovskaya Belarusga qachon qaytishi mumkinligini aytdi

Prezident saylovidan so‘ng Belarusni tark etgan Svetlana Tixanovskaya hukumat va muxolifat muzokaralar boshlaydigan bo‘lsa mamlakatga qaytishga tayyorligini aytdi.

Foto: DPA

"Muzokaralar boshlanganida, barcha siyosiy mahbuslarni qo‘yib yuborishganida, farzandlarim bilan xavfsizlikda ekanligimni his qilganimda Belarusni ozod qilish uchun albatta qaytaman", - dedi u.

 Tixanovskaya Bryusselda uni qo‘llab-quvvatlashgani uchun minnatdorlik bildirish maqsadida  Yevropada yashaydigan tarafdorlari bilan uchrashdi.

Belarus prezidentligiga sobiq nomzodni qo‘llab-quvvatlash uchun Yevroparlament binosi yaqinidagi Lyuksemburg maydonida o‘nlab kishilar to‘plandi.

Avvalroq Tixanovskaya YeI tashqi ishlar vazirlari va Yevroparlament rahbari David Sassoli bilan uchrashgandi.

Svetlana Tixanovskaya 9 avgustda bo‘lib o‘tgan prezident saylovidan so‘ng xavfsizlik maqsadida Litvaga o‘tib ketgandi.

 

Mavzuga oid