Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy kinokompaniyalar O‘zbekiston hududida qilgan xarajatlarning bir qismi qaytarib beriladi
Vazirlar Mahkamasining 19 sentyabdagi qarori bilan, O‘zbekiston hududida o‘z filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish («rebate») tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, endilikda xorijiy kinokompaniyalarga respublika hududida qilgan xarajatlarining 20 foizi (biroq 300 ming AQSh dollaridan oshmagan miqdorda) davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qaytariladi.
Bunda, xorijiy kinokompaniya respublika hududida filmlarni suratga olish uchun «O‘zbekkino» milliy agentligidan ruxsatnoma oladi hamda hamkorlik bo‘yicha Memorandum imzolanadi.
Xorijiy kinokompaniya respublika hududida filmlarni suratga olish uchun O‘zbekistondagi tijorat banklarida maxsus hisob raqami ochadi va xarajatlarni shu orqali amalga oshiradi.
Ruxsatnoma muddati yakunlangandan so‘ng filmni suratga olish ishlari yakunlangan hisoblanadi.
Xarajatlarni qaytarish uchun tegishli hujjatlar Moliya vazirligiga taqdim etiladi va vazirlik tomonidan 10 kun muddatda qaror qabul qilinadi.
«O‘zbekkino» – xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlar qismini qaytarishni muvofiqlashtiruvchi mas'ul davlat organi etib belgilandi.
Davlat budjetidan mablag‘ ajratilgan xorijiy kinokompaniyalar ro‘yxati agentlik veb-saytiga joylashtiriladi.
Mavzuga oid
18:01 / 01.11.2022
O‘zbek kinoijodkorlari Turkiyada
15:21 / 23.11.2021
«Hech qanday muammo yo‘q» - «O‘zbekkino» «Osmondagi bolalar 3» filmi bo‘yicha Zulfiqor Musoqovning e'tirozlariga javob berdi
16:50 / 21.04.2021
Samarqandda kinoteatr qurish sharti bilan 25 sotix yer imtiyozli tarzda beriladi
17:15 / 12.11.2020