Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek kinoijodkorlari Turkiyada
1-5 noyabr kunlari Turkiyaning Bursa shahrida ikkinchi marta “Qo‘rqut ota” xalqaro kinofestivali o‘tkaziladi. Festival doirasida “O‘zbekiston kinosi kunlari” ham bo‘lib o‘tadi.
Bayram dasturida o‘zbek kino yulduzlari, aktyorlar va rejissyorlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Dilmurod Masaidovning “Ayol qismati”, Akrom Shoxnazarovning “101 reys” va Ibrohim Rasulovning “Muhabbat bahori” filmlari namoyishi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Istanbul shahrida o‘tkazilgan kinofestivalga 13 ta davlatdan yuzdan ortiq kino ijodkorlari tashrif buyurgan edi. Xalqaro anjumanda Turkiyadan tashqari Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ozarboyjon, Turkmaniston, Vengriya, Eron, Ukraina va Shimoliy Kiprdan kino ustalari ishtirok etishgan va 42 ta film qatnashgan konkurs dasturida ikki o‘zbek filmi e’tirof etilgandi.
Rashid Malikovning “Tutqunlik” filmi hakamlarning maxsus unvonini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ali Hamroyevning “Xalq jasorati” filmi hujjatli filmlar kategoriyasida ikkinchi o‘rinni egallagan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025