O‘zbekiston | 08:16 / 24.09.2020
1976
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 8ta avtobus yo‘nalishi harakatiga vaqtinchalik o‘zgarishlar kiritiladi

Farg‘ona yo‘li ko‘chasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida 8ta avtobus yo‘nalishi harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi.

Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Nukus ko‘chasidan Sayxun ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 2020 yil 24 sentyabrdan boshlab avtomobillar harakati uchun bir tomonlama yopiladi.

Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan ushbu oraliqda harakatlanuvchi 7ta avtobus yo‘nalishiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi.

12 va 81-sonli avtobus yo‘nalishlarining Qo‘yliq bozori tomon harakati Nukus ko‘chasidan Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8-mart, Sayxun va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali o‘zgartiriladi.

26 va 37-sonli avtobus yo‘nalishlarining shahar markazidan qaytish yo‘nalishidagi harakati T.Shevchenko ko‘chasidan Nukus, Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8-mart, Sayxun va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali o‘zgartiriladi.

68 va 93-sonli avtobus yo‘nalishlarining Qo‘yliq bozori tomon harakati Istiqbol ko‘chasidan Nukus, Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8-mart, Sayxun va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali o‘zgartiriladi.

Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Uysozlar ko‘chasiga burilish yopilganligi sababli, ushbu chorraha orqali harakatlanuvchi 2ta avtobus yo‘nalishiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi.

12 va 68-sonli avtobus yo‘nalishlarining shahar markazidan qaytish yo‘nalishidagi harakati Farg‘ona yo‘li, Jarqo‘rg‘on, Izzat, Uysozlar-2, Uysozlar ko‘chalari orqali keyingi harakatlari o‘z yo‘nalishlarini davom ettirgan holda vaqtinchalik o‘zgartiriladi.

Yangi Qo‘yliq ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga chiqish yopilganligi sababli ushbu chorraha orqali harakatlanuvchi 2 ta avtobus yo‘nalishlariga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi.

37 va 55-sonli avtobus yo‘nalishlarining shahar markazi tomon harakati Yangi Qo‘yliq ko‘chasidagi “2-oilaviy poliklinika” bekatidan so‘ng Fayziobod 9-tor, Fayziobod, Fayziobod 4-tor, Beshkent, Oqbilol 4-tor, Oqbilol ko‘chalari, Farg‘ona bozori ko‘prik osti yo‘li, Farg‘ona yo‘li-Jarqo‘rg‘on ko‘chalari chorrahasi, Farg‘ona bozori ko‘prik yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali keyingi harakatlari o‘z yo‘nalishlarini davom ettirgan holda vaqtinchalik o‘zgartirildi.

Yo‘nalishlar harakatiga kiritilayotgan vaqtinchalik o‘zgartirishlar natijasida, yo‘nalishlardagi qatnov vaqtlari va avtobuslarning oraliq interval vaqtlari amaldagi vaqtlardan ortishi mumkin.

Ko‘cha-yo‘l tarmoqlarida avtomobillar harakatining vaqtinchalik cheklanishi holatlariga ko‘ra, yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin, deyiladi ma'lumotda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid