Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR harbiylari janubiy koreyalik amaldorni o‘ldirib, yoqib yuborgani xabar qilindi. Kim Chen In uzr so‘radi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In janubiy koreyalik amaldor o‘limi yuzasidan uzr so‘radi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti devoni ma'lum qilgan.
Kim Chen In janubiy koreyalik hamkasbiga ro‘y berishi kerak bo‘lmagan voqea ro‘y berganini aytgan.
Shu kunlarda Janubiy Koreya mudofaa vazirligi razvedka ma'lumotlariga asoslangan holda, KXDR harbiylari janubiy koreyalik amaldorni o‘ldirishgani haqida xabar bergandi. Seul rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, baliqchilik departamenti xodimi bo‘lgan amaldor 21 sentabr kuni Yonpxyondo oroli yaqinida tekshiruv o‘tkazayotgan kater bortidan yo‘qolib qolgan va keyinroq uning jasadi Shimoliy Koreya suvlari hududidan topilgan.
Janubiy Koreya mudofaa vazirligidagi manbaning ma'lum qilishicha, shimollik askarlar uni otib tashlashgan, keyin uning tanasiga o‘t qo‘yib yuborilgan.
Koronavirus pandemiyasi boshlangach KXDR chegaralarni qo‘riqlashni kuchaytirgan, ayrim xabarlarga ko‘ra, mamlakatga Covid-19 kirib kelmasligi uchun chegaradan noqonuniy o‘tishga uringanlarni otib tashlashga ko‘rsatma berilgan.
Janubiy Koreya tomoni talqini
Dushanba kuni Janubiy Koreya baliqchilik departamenti xodimi KXDR bilan chegaraga 10 kilometr masofada turgan patrul kateri bortida bo‘lgan, keyin u g‘oyib bo‘lib qolgan.
Katerda uning oyoq kiyimi qolgan, Janubiy Koreya mudofaa vazirligining xulosasiga ko‘ra, u qandaydir xavfdan KXDRga qochib, mamlakat territorial suvlar orqali suzib ketgan.
Janubiy Koreya razvedkasi ma'lumotiga ko‘ra, shimoliy koreyalik chegarachilar seshanba kuni uni qutqaruv jiletida topib olishgan.
Seul tomonining hisoblashicha, KXDR harbiylari protivogazlarda bo‘lishgan va o‘ldirish haqidagi buyruq kelmaguncha uni masofadan turib so‘roq qilishgan. Seuldagilarning aytishicha, amaldor suvdaligida otib tashlangan, keyin uning tanasiga yonuvchi suyuqlik quyib, o‘t qo‘yishgan. Janubiy Koreya mudofaa vazirligidagilar KXDR hukumati bu kabi g‘ayriinsoniy harakatni koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha qo‘llanma doirasida amalga oshirgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan.
Seuldagilar ma'lumotiga ko‘ra, otib tashlangan amaldor 47 yoshda bo‘lgan, uning ikki farzandi yetim qolgan.
Qayd etilishicha, bu 2008 yildan buyon KXDRda Janubiy Koreya fuqarosining o‘ldirilishi bilan bog‘liq birinchi holat hisoblanadi.
Janubiy Koreya bu hodisani haddan tashqari shafqatsizlik akti deb baholagan va KXDR rahbariyatidan izoh so‘rab, ijrochilarni jazolashni talab qilgan.
10ta o‘q
Janubiy Koreya milliy razvedka xizmati direktori Su Nunning so‘zlariga ko‘ra, Kim Chen In o‘z maktubida prezident Mun Je Inni va Janubiy Koreya xalqini ranjitganidan afsusdaligini bildirgan.
«KXDR yetakchisi Janubiy Koreya prezidenti va mamlakatning boshqa fuqarolariga pandemiya oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish o‘rniga, ularni qattiq xafa qilib qo‘yganidan afsusda», deya yozadi Seulga Pxenyandan kelgan rasmiy maktubga tayanib xabar bergan Yonhap agentligi.
Maktubda ro‘y bergan hodisa haqida ham qisqacha to‘xtab o‘tilgan, xususan, amaldorga qarata 10 marta o‘q uzilgani aytilgan.
Shu bilan birga, Kim Chen In shimoliy koreyalik harbiylar o‘ldirilgan shaxsning jasadi yoqib yuborilmagani haqida ma'lum qilgan.
Pxenyan ma'lumotlariga ko‘ra, qonunbuzar chegarachilarning og‘zaki buyruqlariga hech qanday javob qaytarmagan. U qochishga uringanidan, patrul 40-50 metr oralatib 10 martadan ortiq o‘q uzgan. Shundan so‘ng, patrul qayiqni tekshirgan: qonga burkangan qayiqda hech kimning jasadi bo‘lmagan. Shu sababli kema koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha milliy shtabi direktivasiga ko‘ra yoqib yuborilgan.
Mavzuga oid
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025