Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya xorijliklar uchun mamlakatga kirishga qo‘yilgan cheklovlarni yumshatadi
Yaponiya pandemiya sababli 160ga yaqin mamlakat fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqlagandi.
Yaponiya xorij mamlakatlari fuqarolari uchun mamlakatga kirishga qo‘yilgan cheklovlarni oktyabrda yumshatadi. Bu haqda mamlakatning yangi bosh vaziri Yosixide Suga ma'lum qildi.
"Iqtisodiyotni tiklash uchun xalqaro qatnovlarni yo‘lga qo‘yish kerak", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kyodo agentligi.
Shu bilan birga, bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, yumshatishlar turistlarga taalluqli emas. Gap tibbiy, ta'lim va tadbirkorlik maqsadidagi tashriflar haqida bormoqda.
Yaponiya pandemiya sababli 160ga yaqin mamlakat fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqlagandi. Mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 80 mingdan oshgan, 1,5 ming kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025