O‘zbekiston | 08:54 / 29.09.2020
1765
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston XMTning Jyeneva konvensiyasini ratifikatsiya qiladi 

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Xalqaro mehnat tashkilotining 1952 yildagi (qayta ko‘rib chiqilgan) onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyani qayta ko‘rib chiqish haqidagi 183-sonli Konvensiyasini (Jyeneva, 2000 yil 30 may) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan Xalqaro mehnat tashkilotining 1952 yildagi (qayta ko‘rib chiqilgan) onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyani qayta ko‘rib chiqish haqidagi 183-sonli Konvensiyasini (Jyeneva, 2000 yil 30 may) ratifikatsiya qilish mo‘ljallanmoqda.
 
Avvalroq, O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining uchta konvensiyasini ratifikatsiya qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgani xabar qilingandi.

Bular – «Ishlab chiqarishdagi baxsiz hodisalarda ishchilarga kompensatsiya to‘lash to‘g‘risida», «Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi 1952 yildagi konvensiyani qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida» va «Mehnat xavfsizligi va gigiyenasini ta'minlash asoslari to‘g‘risida»gi konvensiyalar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid