Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida YHXB inspektori bir yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxsni ushladi
Ma'muriy huquqbuzarlik materiallarini ko‘rib chiquvchi inspektor transport vositasini jarima maydonidan olib chiqish maqsadida kelgan fuqarolarni va ushbu transport vositasiga aloqador shaxslarni markazlashgan kompyuter bazasiga kirgizishi orqali qidiruvda bo‘lgan ko‘pgina shaxslar ushlanmoqda.
Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 25 sentyabr kuni Toshkent viloyati Bo‘ka tumani IIB YHXB ma'muriy huquqbuzarlik materiallarini ko‘rib chiqish bo‘yicha inspektori, serjant Otamurod Abdullayev qabuliga o‘z nomida bo‘lgan, lekin boshqa D.Ye. ismli fuqaro boshqaruvidagi transport vositasini jarima maydonidan chiqarish maqsadida kelgan shaxs ma'lumotlarini markazlashgan kompyuter bazasiga kiritadi.

Transport vositasi egasining ma'lumotlari kompyuterdagi maxsus dastur orqali tekshirilganida, fuqaro qidiruvda ekanligi ma'lum bo‘ladi. Ushbu qidiruvdagi fuqaroga nisbatan Toshkent viloyati Ohangaron tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik)ning 3-qismiga asosan jinoyat ishi ochilib, unga nisbatan 2019 yil 8 iyun kuni qidiruv e'lon qilingan.
Endi YPX inspektorining hushyorligi sabab qo‘lga olingan shaxs qonun oldida o‘z qilmishlari uchun javob beradi, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025