Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda issiqlik ta'minotiga haq to‘lash tartibi o‘zgartiriladi
Toshkent shahrida markazlashtirilgan issiqlik ta'minoti xizmatlari uchun iste'molchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuniga 1 kv.m isitiladigan maydon hisobida to‘lash tizimiga o‘tkaziladi.
«Toshissiqquvvati» xabariga ko‘ra, bu O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 2 dekabrdagi «Issiqlik ta'minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta'minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi PQ-4542-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
«2020-2021 yillar isitish mavsumidan boshlab, markazlashtirilgan issiqlik ta'minoti xizmatlari uchun iste'molchilar bilan hisob-kitob, isitish davrining bir kuniga isitish maydonining 1 kv.m uchun hisob-kitob to‘lov tizimiga o‘tkaziladi», - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, isitish davrining bir kuniga 1 kv.m isitish maydoni uchun tarif 142 so‘m miqdorida belgilandi.
Isitish mavsumining boshlanishi Toshkent shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
Qolgan tariflar avvalgi darajada qoladi, deyiladi ma'lumotda.
Eslatib o‘tamiz, prezident qarorida iste'molchilar uchun issiqlik ta'minoti xizmatlariga tariflarni shakllantirish va belgilashda ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish hamda issiqlik ta'minoti tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni qisqartirish hisobiga issiqlik ta'minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish xarajatlari hisobga olinishi, shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tannarxini qoplash mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilangan.
Shuningdek, aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida ko‘riladigan zararlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan qoplanishi aytilgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025