Uzbekistan Airways loukosterlar tashkil etish kechiktirilishini ma'lum qildi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi loukosterlar tashkil qilishni kechiktirishga qaror qildi. Bu haqda kompaniya boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Umid Husanov ma'lum qildi.
«Uzbekistan Airways kompaniyasida loukosterlar tashkil qilishni rejalashtirgandik. Ammo buni biroz ortga surib turishni ma'qul topdik. Chunki ayni vaqtda kompaniyani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishni rejalashtiryapmiz», dedi Umid Husanov Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tadbirida.
Eslatib o‘tamiz, kompaniya 2018 yil boshida loukosterlar ochilishi haqida e'lon qilgandi. O‘shanda Husanov bu masala o‘sha yilning oxirigacha hal bo‘lishini qo‘shimcha qilgandi.
2020 yil boshida ham Transport vazirligining sobiq rahbari Elyor G‘aniyev O‘zbekistonda yaqin 2-3 yil ichida kamida 5-6ta aviakompaniya ochilishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
19:18 / 17.06.2024
To‘qayev Qozog‘istonda loukosterlarni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi
15:56 / 06.04.2024
Wizz Air Yevropa poytaxtlari va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida reyslarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
18:52 / 29.02.2024
Humo Air 10 martdan mahalliy qatnovlarni to‘xtatadi
19:57 / 03.07.2023