Jahon | 00:55 / 08.10.2020
10097
2 daqiqa o‘qiladi

Jorj Floydning o‘limida ayblanayotgan bosh gumonlanuvchi garov puli evaziga ozodlikka chiqarildi

AQShda qora tanli Jorj Floydning o‘limida ayblanayotgan sobiq politsiyachi Derek Shovin 1 mln dollar garov puli evaziga turmadan ozodlikka chiqarildi. 

Derek Shovin (chapda) Foto: ABACAPRESS.COM/REUTERS

Aynan Shovin 25 may kuni Floydni hibsga olish vaqtida uning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turgan. Keyinchalik ushbu holat Floydning o‘limiga olib kelgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan.

Floydni qo‘lga olish vaqtida ishtirok etgan yana bir sobiq politsiyachi Tu Tao iyunda 750 ming dollar garov puli evaziga ozodlikka chiqqandi.

46 yoshli Jorj Floydning hibsga olinishi hanuzgacha oxirigacha aniqlanmagan holatlarda uning o‘limi bilan yakunlangan. Versiyalardan biriga ko‘ra, Shovin Floydning bo‘ynini tizzasi bilan bosib, keragidan ortiqcha kuch ishlatgan. Aynan shu sababli Floyd nafas ololmagan va asfiksiyadan (kislorod yetishmasligi) jon bergan. Yana bir taxminga ko‘ra, Floyd katta miqdordagi giyohvand modda ta'sirida bo‘lgan va uning bo‘g‘ilishiga aynan shu omil olib kelgan.

Floydning o‘limi AQShning ko‘plab shaharlarida #BlackLivesMatter (Qora tanlilar hayoti muhim) shiori ostida katta ko‘lamli noroziliklarga va tartibsizliklarga olib kelgan.

Mavzuga oid