Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi Sooronbay Jeenbekov g‘oyib bo‘lganini ma'lum qildi. Prezident matbuot xizmati u Bishkekda ekanini bildirdi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning qayerda ekani noma'lum. Bu haqda «Interfaks»ga mamlakat Xavfsizlik kengashi rahbarining o‘rinbosari Omurbek Suvanaliyev ma'lum qildi.
Unga ko‘ra, mamlakat yuqori martabali amaldorlari norozilik namoyishlari boshlanganidan beri jamoatchilik oldida ko‘rinish bermagan. Internetda prezidentning bir nechta murojaatlari e'lon qilindi, ammo ular qayerda yozib olingani noma'lum.
«Xavfsizlik nuqtai nazaridan chegarani yopish to‘g‘risida qaror qabul qilindi», - dedi Suvanaliyev.
Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatining TASS’ga xabar berishicha, mamlakatdan yuqori martabali amaldorlarni chiqarib yubormaslik to‘g‘risida buyruq kelib tushgan.
O‘z navbatida, Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, davlat rahbari Bishkekda bo‘lib turibdi va «vaziyatni qonuniy holatga qaytarish uchun barcha siyosiy kuchlar bilan muzokara olib bormoqda».
5 oktabr kuni Bishkekda hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi ikki partiya g‘olib chiqqan parlament saylovlari natijalariga qarshi namoyishlar boshlandi. Namoyishlar tartibsizliklar va politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Bir necha yuz kishi jarohat oldi, bir kishi halok bo‘ldi.
6 oktabr tongida namoyishchilar Qirg‘iziston parlamenti va prezident ma'muriyati joylashgan binoni egallab oldi. Shu kuni mamlakat Markaziy saylov komissiyasi parlament saylovlari natijalarini haqiqiy emas deb topdi, parlament rahbari va bosh vazir iste'foga chiqdi.
Mavzuga oid
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024
Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qildi
18:39 / 20.11.2024
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
17:30 / 14.11.2024