Jamiyat | 13:09 / 08.10.2020
10822
3 daqiqa o‘qiladi

Yana bir xususiy bandlik agentligidan jabr ko‘rgan fuqarolarning pullarini qaytarish boshlandi

Fuqarolarga yetkazilgan jami zarar 9 mlrd so‘m. Tergovda undirilib, qaytarilishi kerak bo‘lgan pul esa 500 mln so‘mga ham bormaydi.

«Profelite IMP xususiy bandlik agentligi» tomonidan fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga yuborish degan aldov bilan pul mablag‘larini o‘zlashtirganligi holati yuzasidan ushbu jamiyat a'zolariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi haqida xabar berilgan edi.

Ko‘pchilikni ushbu jamiyatdan jabr ko‘rgan fuqarolarning pul mablag‘lari nima bo‘ladi, degan savol qiziqtirmoqda.

Kun.uz vaziyatga oydinlik kiritish uchun masala bo‘yicha Majburiy ijro byurosi bilan bog‘landi.

MIB matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining jabrlanuvchilarga zarar pullarini qaytarilishi yuzasidan ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosiga shu yil 28 sentyabr kuni kelib tushgan.

“Hozir Majburiy ijro byurosi tomonidan tashkil etilgan hududlardagi ishchi guruhlarga 37 nafar jabr ko‘rgan fuqarolar

hisob-raqamlari to‘g‘risidagi arizalar bilan murojaat qilib, ularga zarar pullari proporsional tartibda o‘tkazilishi ta'minlandi.

Moddiy zararni qaytarish masalasida murojaat etmagan 226 nafar fuqarolarga hududlarda tashkil etilgan ishchi guruhlarga murojaat qilishlari va yetkazilgan zarar pullari qisqa muddatda ularning hisob raqamlariga proporsional ravishda o‘tkazilishini eslatib o‘tamiz”, – deyiladi MIB taqdim etgan ma'lumotda.

Eslatib o‘tamiz Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tumani sudining shu yil 14 sentyabrdagi hukmi bilan «Profelite IMP xususiy bandlik agentligi» mansabdor shaxslariga nisbatan tegishli jazo tayinlangan.

Tergov va sud davrida aniqlangan jami zarar miqdori 9 mlrd so‘mga yaqin. Ishni ko‘rib chiqqan sudya G‘.Amonovning ma'lum qilishicha 422 mln so‘m pul va 60 mln so‘mlik bir dona avtotransport vositasi undiruvni ta'minlash uchun xatlangan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umrzoqovning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolarga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanadi. Zararning qo‘shimcha qismi Mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali to‘lab beriladi.

Jabrlanuvchilar quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishlari so‘ralmoqda:

Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari:

Mavzuga oid