Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada 33 qavatli binoga o‘t ketdi
Janubiy Koreyaning Ulsan shahrida 33 qavatli turar joy binosida katta ko‘lamli yong‘in chiqdi. Voqea oqibatida 15 kishi jabrlandi, yuzlab kishilar evakuatsiya qilindi.
Ma'lum qilinishicha, Samhwan turar joy binosida yong‘in kechasi soat 23dan keyin boshlangan. Ta'kidlanishicha, binoning 3-qavatigacha savdo markazi, undan yuqori qavatlarida esa kvartiralar joylashgan. Ularda 127 ta oila yashaydi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in binoning 12-qavatida boshlanib, kuchli shamol sababli butun binoni qamrab olgan. Alanga 30-qavatga yetib borgach, yong‘inni o‘chirish imkonsizga aylangan.
#울산화재 #불 #화재 #fire #ulsan #southkorea https://t.co/UKy4MNq1cs pic.twitter.com/8rdHcc9qB6
— Zhany.yo (@YoZhany) October 8, 2020
O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirish uchun bor kuchlarini ishga solmoqdalar. Yong‘in sababi hozircha noma'lum.
Yong‘in binoga qo‘shni bo‘lgan savdo markaziga ham o‘tgan. Hozirda bu yong‘inni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lingan.

Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
00:47 / 24.05.2025