Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Shimoliy Koreyaning yangi qit'alararo raketasini o‘rganishni boshladi
Pentagon Shimoliy Koreyaning yangi qit'alararo balllistik raketasi haqidagi ma'lumotlarni o‘rganishga kirishib ketdi. Raketa avvalroq Pxenyanda Koreya Mehnat partiyasining 75 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan paradda namoyish etilgan.
Pentagondagi manbaning xabar berishicha, AQSh mudofaa vazirligi Pxenyanda o‘tgan parad haqida ma'lumotga ega. Raketa tahlili davom etmoqda va Pentagon bu masala bo‘yicha hududdagi ittifoqdosh davlatlar bilan aloqa olib bormoqda.
10 oktyabrda Pxenyanda o‘tgan paradda uchish uzoqligi 12 ming 874 kmni tashkil qiluvchi yangi ballistik raketa namoyish etilgan. Ta'kidlanishicha, raketa AQShning istalgan nuqtasigacha yetib borishi mumkin, o‘lchamlarining kattaligi esa u katta miqdorda yuk tashishi mumkinligini anglatadi.
29 sentyabrda Shimoliy Koreyaning BMTdagi doimiy vakili Kim Son Bosh assambleya sessiyasida Pxenyan Koreya yarimorolida urushga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘z kuchlariga tayanishi va “bosib turuvchi vositalarni” rivojlantirishini ma'lum qilgan.
1 sentyabrda AQShda Shimoliy Koreya yangi ballistik raketalar ishlab chiqish bo‘yicha dasturini davom ettirayotgani ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
16:35 / 25.05.2025
AQSh hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi
18:44 / 22.05.2025
Ilon Mask Pentagonga tashrif buyurdi
14:18 / 22.05.2025