Qirg‘izistondagi tartibsizliklar vaqtida turmalarni tark etganlardan ortga qaytish talab qilindi
Qirg‘iziston bosh prokuraturasi respublikadagi ommaviy tartibsizliklar vaqtida ozodlikdan mahrum etish joylaridan chiqarilgan siyosatchilardan ixtiyoriy ravishda ortga qaytishni talab qildi.
“Bosh prokuratura 5 oktyabrdan 6 oktyabrga o‘tar kechasi hibsda saqlash va jazoni o‘tash joylarini noqonuniy tark etgan barcha shaxslardan jazoni ijro etish muassasalari ma'muriyatiga kelishni talab qiladi. Talablar bajarilmasa, huquq-tartibot idoralari tomonidan qonunda ko‘zda tutilgan qat'iy choralar ko‘riladi”, deb aytilgan prokuratura xabarida.
Prokuraturada sud va tergov idoralari bir qator siyosatchilar, jumladan sobiq prezident Almazbek Atamboyev, sobiq bosh vazir Sapar Isakov, Bishkekning sobiq meri Albek Ibraimov va prezident ma'muriyati sobiq rahbari Farid Niyazovga nisbatan jinoiy ishlar olib borayotgani, ulardan ba'zilari respublikada yuz bergan vaziyatdan foydalanib, ozodlikdan mahrum etish joylarini noqonuniy tark etganlari ta'kidlab o‘tilgan.
Qirg‘iziston bosh prokuraturasi tartibsizliklar vaqtida ozodlikka chiqarilgan siyosatchilarni qochoqlik uchun jinoiy javobgarlik borligidan ogohlantirgan.
Avvalroq Almazbek Atamboyev Bishkek yaqinida qo‘lga olingandi. Bundan tashqari, Bishkekda Atamboyev vaqtida prezident ma'muriyati rahbari bo‘lgan Farid Niyazov, ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari, oxirgi voqealar vaqtida o‘zini ichki ishlar vaziri va Bishkek komendanti deb e'lon qilgan Kursan Asanov ham hibsga olingan.
Mavzuga oid
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024
Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qildi
18:39 / 20.11.2024
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
08:50 / 19.11.2024