Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Qirg‘izistonga keladi
Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri Sadir Japarov prezident Sooronbay Jeenbekovdan lavozimini tark etishini talab qilmoqda.
BMT bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya mintaqaviy markazi rahbari Natalya German yaqin vaqt ichida Qirg‘izistonga keladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
"Yaqin kunlarda BMT bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya mintaqaviy markazi rahbari Natalya German vujudga kelgan vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun tashrif buyurishi kutilmoqda", deyiladi xabarda.
14 oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarovni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tasdiqladi. Japarov shu kuniyoq Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uning iste'fosi to‘g‘risida muloqot o‘tkazdi.
U Jeenbekovdan lavozimini darhol tark etishini talab qildi. Qirg‘iziston prezidenti esa parlament saylovlari o‘tkazilib, mamlakatning yangi prezidenti saylovi o‘tkazilishi e'lon qilinganidan so‘ng iste'foga chiqishini ta'kidladi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025