Jamiyat | 17:56 / 14.10.2020
2645
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

Yarmarkada poytaxtning barcha tumanlari davlat va xususiy korxona, tashkilot, muassasalaridagi vakant o‘rinlarga ishchilar taklif etiladi.

Foto: Shutterstock

15-16 oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Unda poytaxtning barcha tumanlari davlat va xususiy korxona, tashkilot, muassasalaridagi vakant o‘rinlarga ishchilar taklif etiladi.

Yarmarka Olmazor tumani Universitet ko‘chasi (Yoshlar markazi old tomoni)da bo‘lib o‘tadi.

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun +99891 1919979, +99890 1221717 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid