Jahon | 10:41 / 15.10.2020
26818
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya yashirin tarzda yadro urushiga tayyorgarlik ko‘rayotgani ma'lum qilindi 

Germaniya harbiy-havo kuchlari va ularning NATO bo‘yicha hamkorlari yadro urushi holatiga jangovar harakatlarni mashq qilish bo‘yicha yashirin mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Mashg‘ulotlar Germaniyani atom bombalari qo‘llagan holda mudofaa qilish ko‘nikmalarini mashq qilishga qaratilgan. 

Foto: militaryleak

Bild nashrining xabar berishicha, “Sabotli choshgoh” deb nomlangan ushbu mashg‘ulotlar Shimoliy Reyn-Vestfaliya yeridagi Nyorvenix aviabazasida o‘tmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu baza Byuxel va Reynland-Pfalsda saqlanuvchi AQShning B61 turidagi vodorod bombalarini saqlashga mo‘ljallangan muqobil joy hisoblanadi. 

Ta'kidlanishicha, mashg‘ulotlarda Niderlandiya, Belgiya va Italiya qurolli kuchlarining yadro qurolini tashuvchi qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari ham ishtirok etmoqda. Harbiy ekspertlarning aytishicha, “Sabotli choshgoh”da AQSh yadro qurolini yer osti omborlaridan samolyotga xavfsiz yetkazilishi va o‘rnatilishi ko‘nikmalari mashq qilinmoqda. Mashg‘ulotlar snaryadlarsiz o‘tmoqda. 

Ma'lum qilinishicha, Byuxelda parallel ravishda “Mustahkam gvardiya” deb nomlangan mashg‘ulotlar o‘tmoqda.

Nashrda ta'kidlanishicha, hozirda yadro urushi xavfi oxirgi 30 yil ichidagidan ancha yuqori. Bunga esa AQShning O‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnomadan chiqishi asosiy sabab hisoblanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid