Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp saylovda mag‘lub bo‘lsa hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishga va'da berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarida mag‘lub bo‘lsa hokimiyat tinch yo‘l bilan topshirilishini ta'minlaydi. U bu haqda Mayamida saylovchilar bilan uchrashuvida aytgan. Uchrashuv NBC telekanalida efirga uzatilgan.
Boshlovchi Trampdan agar u saylovda mag‘lub bo‘lsa, hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirilishini kafolatlashi haqida so‘ragan. «Ha, men hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirilishini kafolatlayman. Lekin, men bu saylovlar halol o‘tishini xohlayman», – deya javob bergan prezident. Trampning qo‘shimcha qilishicha, hozirda u va jamoasi o‘zlarining g‘alabasiga ishonmoqda.
Avvalroq, Donald Tramp saylovlarda mag‘lubiyatga uchrasa, saylov natijalarini tan olmasligi mumkinligini aytgan edi. Trampning fikricha, uning raqibi saylov natijalari soxtalashtirilsagina yutishi mumkin.
Trampning saylovlar bo‘yicha raqibi Jo Bayden bunga javoban bu holatda harbiylar Trampni Oq uydan olib chiqishlariga to‘g‘ri kelishini aytgan.
AQShda prezident saylovlari 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Unda g‘oliblikka asosiy da'vogarlar Donald Tramp va Jo Bayden hisoblanadi.
15 oktabr holati bo‘yicha RealClearPolitics so‘rovnomasi ma'lumotlariga ko‘ra, amerikalik saylovchilarning 42,3 foizi amaldagi prezidentni, 51,7 foizi esa Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Mavzuga oid
15:52 / 19.08.2023
Odam tanlamaydigan “huquqiy mashina”. Tramp nega ta’qib qilinmoqda?
15:51 / 14.04.2022
Bayden ortidan Tramp ham Ukrainada tinch aholi o‘ldirilishini genotsid deb atadi
19:04 / 17.03.2022
Tramp Rossiyaning Ukrainaga kirganidan hayron bo‘lganini aytdi
21:10 / 09.02.2022