Jahon | 12:08 / 18.10.2020
5253
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyaning sobiq bosh vaziri karantinni buzishda ayblandi 

Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler AQShdan qaytgandan keyin 2 haftalik karantinni buzishda ayblandi. Uni vataniga qaytganidan 10 kun o‘tgach Londondagi restoranlardan birida ko‘rishgan. 

Foto: BACKGRID

Bler Vashingtonga xususiy samolyotda uchgan. U 2 kunlik safaridan qaytgach o‘z vatanida 2 haftalik karantindan o‘tishi kerak bo‘lgan. Britaniyada ayni vaqtda koronavirus tarqalishiga qarshi shunday chora amal qilmoqda.

Sobiq bosh vazir vataniga qaytgandan 10 kun o‘tgach, Londondagi restoranlardan birida suratga tushirilgan. 

Britaniyada ba'zi odamlar karantindan ozod qilingan, biroq Blerda bunday ruxsatnoma bo‘lmagan.

Bler vakilining ma'lum qilishicha, sobiq bosh vazir Oq uyda Isroilning BAA va Bahrayn bilan diplomatik aloqalar o‘rnatishi tantanali marosimida qatnashgan. AQSh Blerni ushbu munosabatlarni o‘rnatishda faollik ko‘rsatgani uchun taklif qilgan. Ta'kidlanishicha, sobiq bosh vazir hech kimga xavf solmagan, chunki AQShga jo‘nashidan oldin ham, Oq uyga kelgach va u yerdan qaytgach ham koronavirusga tahlillar topshirgan.  

Toni Bler Britaniya bosh vaziri lavozimini 1997 yildan 2007 yilgacha egallagan. 

Mavzuga oid